• 2-Chimboy kuchasi, 96-uy Toshkent sh, Olmazor tumani
  • Telefon (71) 207 54 55
  • Dush - Jum 09:00 - 18:00

Архив: 14 февраля, 2025

Taʼlim muassasalarining oʻquv xonalari, asbob-uskunalari va anjomlari xavfsizligiga doir texnik reglamentlarning ekspertizasi tashkil etildi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim muassasalarining oʻquv xonalari xavfsizligi toʻgʻrisida”gi hamda “Oʻquv asbob-uskunalari va anjomlari xavfsizligiga doir” texnik reglamentlarni ekspertizadan oʻtkazishga bagʻishlangan muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

 

Ushbu texnik reglamentlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy va professional taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash markazi mutaxassislari, shuningdek, Toshkent davlat texnika universiteti hamda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professor-o‘qituvchilari hamkorligida takomillashtirilib, ularni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Muhokama jarayonida jamoatchilik tomonidan o‘quv xonalarining yong‘in xavfsizligi, havo tozalash tizimlari, mebel va jihozlarning ergonomik talablarga javob berishi hamda texnik vositalarning ekologik xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha bildirilgan takliflarning ayrimlari reglament talablarini yanada takomillashtirish jarayonida inobatga olingani qayd etildi.

Tadbir davomida mutasaddi tashkilotlar va taʼlim muassasalari vakillaridan iborat ekspertlar o‘z fikrlarini bildirib, xalqaro tajribani inobatga olgan holda ushbu xavfsizlik reglamentlarini taʼlim tizimiga joriy etish samaradorlikka xizmat qilishini taʼkidladilar.

Yig‘ilish yakunida ekspert komissiyalari tomonidan o‘tkazilgan ekspertiza natijalari asosida texnik reglamentlar O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq ishlab chiqilgani tasdiqlandi.