• 2-Chimboy kuchasi, 96-uy Toshkent sh, Olmazor tumani
  • Telefon (71) 207 54 55
  • Dush - Jum 09:00 - 18:00

Архив: 14 марта, 2024

Futbol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasida Markaz xodimlari faol ishtirok etishdi

Joriy yilning 6–7-mart kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda vazirlik tizimidagi tashkilotlar xodimlari o‘rtasida “Vazir kubogi” futbol musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan “Futbol o‘yini qoidalari” bo‘yicha o‘tkazilib, tajribali hakamlar tomonidan o‘yin qoidalariga asosan boshqarib borildi.

Vazirlik va tizim tashkilotlari xodimlari orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni ommaviy tarzda jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish hamda sportning futbol turini ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada tarkibi 10 kishidan iborat 12 ta jamoa qatnashib, bosh sovrin uchun to‘p surishdi.

G‘olib va sovrindorlar vazirlikning I, II va III darajali tegishli diplomlar hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib, g‘olib bo‘lgan jamoaga musobaqa ko‘chma kubogi tantanali topshirildi.

Shuningdek, ishtirokchilar orasidan musobaqaning “Eng yaxshi faxriy o‘yinchisi”, “Eng yaxshi darvozaboni”, “Eng yaxshi to‘purari”, “Eng yaxshi o‘yinchisi” nominatsiyalari g‘oliblari ham esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ishtirokchilar orasidan musobaqaning “Eng yaxshi faxriy o‘yinchisi” nominatsiyasi bo‘yicha Azamat Ergashyev g‘olib deb topildi. Ularga Vazirlikning tegishli diplomlari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib  ko‘chma kubog tantanali topshirildi.

“Mehr va sadoqat timsoli” ayollarimizni 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni bilan tabriklaymiz!

Xalqimizda “jannat onalar oyog‘i ostida” – degan naql bor. Har bir inson atrofidagi ayollarga – onasi, singlisi, opa va qizi kabi qarashi va e’zozlashini istar edik.  Bu bayram bahorning ilk va eng go‘zal bayrami. Bayram munosabati bilan mamlakatdagi barcha onaxonlar, opa-singillarimizni samimiy tabriklaymiz va shu bilan birga ularga eng yaxshi  tilaklarimizni bildiramiz. Ayolning hurmati, o‘rnini baland ko‘targan jamiyat, davlatda rivojlanish ham tez, yuqori bo‘ladi. Jamiyatimizda ham ayollarning o‘rni, roli oshaversin. Ta’lim, tibbiyot va boshqa sohalarda ishlab faoliyat olib borayotgan ayollarimizni yana bir bor bugungi bayram bilan muborakbod e’tamiz.