O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati mutaxassislaridan iborat ishchi guruh 2022-yil I-yarim yillik ish rejasiga muvofiq 2022-yilning 16-30-mart kunlari Surxondaryo viloyati va professional ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida jihoz, asbob-uskuna, texnika, sarflanadigan xom ashyo va materiallardan samarali foydalanish holatlarini o‘rganish, shuningdek o‘quv amaliyotlarini tashkil etish, kasbiy tayyorgarlik holatlarini tahlil qilish va ta’lim muassasalariga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida xizmat safarida bo‘ldi.


O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazoroat xizmati bosh mutaxasissi B.Saidxonov 2022 yil 24 mart kuni Termiz tuman kasb-hunar maktabi rahbarlari va ishlab chiqarish talimi ustalariga o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar uchun yo`riqli texnologik xaritalarni tayorlash, amaliy mashgulotlarni otkazishda zarur bo`ladigan xomashyo va materiallarni xarid qilish uchun talabnomalarni shakllantirish, xarid qilingan xomashyollardan oquv amaliyoti mashg`ulotlarida foydalanish bo`yicha o‘quv seminar o‘tkazdi.



I.Xayitov tomonidan 2022 yil 29-mart kuni Denov Hazorbog‘ agrotexnologiya texnikumida ’’Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va servisi texnik texnologi’’ mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlanayotgan o‘quvchilar “Mashina va jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash” o‘quv amaliyotida, texnikum o‘quv tajriba xo‘jaligida “Chigit ekish agregatini tuzish, ishlatish va unga texnik xizmat ko‘rsatish’’ mavzusi bo‘yicha bahorgi chigit ekish jarayonida o‘quvchilar o‘zlari tomonidan agregatni tuzish, uni ishga tayyorlash, dalani ishga tayyorlash, chigit ekish agregatida ishlash, ish sifatini tekshirish va chigit ekish agregatiga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshirib texnikum o‘quv tajriba xo‘jaligi 20 gektar yer maydoniga chigit ekdilar.



I.Xayitov tomonidan Qumqo’rg’on tuman Agrotexnologiyalar texnikumida “Viternariya meditsinasi” mutaxassisligi 2-bosqich 08-1-20 guruhida ishlab chiqarish ta`limi ustasi M.Choriyev “Viternariya akusherlik ishlari” o’quv amaliyoti “Bug’oz hayvonlarda yurak qon tomirlar kasalliklari travmatik perikartni aniqlash» mavzusidagi o`quv mashg`uloti o`rganildi.