• 2-Chimboy kuchasi, 96-uy Toshkent sh, Olmazor tumani
  • Telefon (71) 207 54 55
  • Dush - Jum 09:00 - 18:00

Архив: 12 марта, 2022

Andijon viloyati Professional ta`lim muassasalari rahbarlariga o`quv-amaliy seminar o`tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati rahbarligida Andijon viloyatidagi «Kasbiy ta`lim standartlari asosida o`quv amaliyoti jarayonini takomillashtirish» mavzusida Andijon viloyatidagi professional ta’lim muassasalari rahbarlari uchun 2022 yil  1-mart kuni Qo`rg`ontepa tuman 1-son kasb-hunar maktabida o‘tkaziladigan hududiy o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

https://youtu.be/hCM3NxKzuVg

 

Andijon viloyati professional ta’lim muassasalarida kasbiy tayyorgarlik jarayoni o’rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati mutaxassislaridan iborat ishchi guruh 2022-yil I-yarim yillik ish rejasiga muvofiq  2022-yilning 21-fevraldan  2 martgacha  Andijon  viloyati va professional ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida jihoz, asbob-uskuna, texnika, sarflanadigan xom ashyo va materiallardan samarali foydalanish holatlarini o‘rganish, shuningdek o‘quv amaliyotlarini tashkil etish, kasbiy tayyorgarlik holatlarini tahlil qilish va ta’lim muassasalariga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida xizmat safarida bo‘ldi.

O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazoroat xizmati boshlig‘i o‘rinbosari U.Eshanqulov 2022 yil 22 fevral kuni  Andijon shahar 4-son kasb-hunar maktabida Andijon shahridagi professional ta’lim muassasalarining o‘quv va ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun «Kasbiy tayyorgarlik jarayonining sifat va samaradorligini oshirish (muammo va yechimlar)» mavzusida o‘quv seminari o‘tkazdi.

M.Gaffarov tomonidan Asaka 1-son kasb-hunar maktabi  o`quvchilari ishlab chiqarish amaliyotlarini Asaka avtomobil zavodida o`rganish jarayoni.

 

 

 

Toshkent viloyati Professional ta`lim muassasalari rahbarlariga o`quv-amaliy seminar o`tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati rahbarligida Toshkent viloyatidagi «Professional ta’lim muassasalarida o‘quv amaliyotlarning sifat va samaradorligini oshirishda innovatsion yondashuvlar» mavzusida Sirdaryo viloyatidagi professional ta’lim muassasalari rahbarlari uchun 2022 yil  25-fevral kuni  Angren shahar 2-son kasb-hunar maktabida o‘tkaziladigan hududiy o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

https://youtu.be/ZTCBzsI-QXU