O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati mutaxassislaridan iborat ishchi guruh 2022-yil I-yarim yillik ish rejasiga muvofiq 2022-yilning 24-31-yanvar kunlari Toshkent viloyati va professional ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida jihoz, asbob-uskuna, texnika, sarflanadigan xom ashyo va materiallardan samarali foydalanish holatlarini o‘rganish, shuningdek o‘quv amaliyotlarini tashkil etish, kasbiy tayyorgarlik holatlarini tahlil qilish va ta’lim muassasalariga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida xizmat safarida bo‘ldi.


Boshliq o‘rinbosari U.Eshankulov Olmaliq shahar kasb-hunar maktabi rahbarlari va o‘qituvchilari uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarning o‘qitish materiallarini ishlab chiqish hamda o`quv va ishlab chiqarish amaliyotlarining sifat va samaradorligini oshirish yuzasidan o‘quv seminar o‘tkazdi.



I.Xayitov tomonidan Parkent tuman 2-son kasb-hunar maktabida ishlab chiqarish ta`limi ustasi Q.Qulbayevning “Chilangarlik ishi” oquv amaliyotidan «Metallarni qirqish» mavzusidagi o`quv mashg`ulotini tayorgarlik jarayoni o`rganildi.



B.Saitxonov tomonidan Angren shahar 2-son kasb-hunar maktabida ishlab chiqarish talimi ustasi M.Azizovning "Avtomatik va yarimavtomatik payvandlash ishi" oquv amaliyotidan «Kam ligizlangan po`latlarni gaz alangasiga ustma-ust payvandlash» mavzusidagi o`quv mashg`ulotini tayorgarlik jarayoni o`rganildi.


B.Saitxonov tomonidan Angren shahar 2-son kasb-hunar maktabida ishlab chiqarish talimi ustasi M.Risbekovning "Avtomobillar tuzilishi, ularga servs xizmat ko'rsatish va tamirlash ishi" o`quv amaliyotidan «Krivoship-shatun mexanizmi va gaz taqsimlash mexanizmini qismlarga ajratish va yig‘ish» mavzusidagi o`quv mashg`ulotini tayorgarlik jarayoni o`rganildi.