O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati rahbarligida “Professional ta’lim muassasalarida o‘quv amaliyotlarini sifatli o‘tkazishni tashkil etish, ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan o‘quv-me’yoriy hujjatlarning yuritilishi, jihozlardan samarali foydalanish hamda tizimda tayyorlanayotgan o‘rta bo‘g‘in kadrlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish” mavzusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati professional ta’lim muassasalari rahbarlari uchun 2021-yilning 16-oktabr kuni Xonqa tumani 1-son kasb-hunar maktabida mintaqaviy o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati boshliq o‘rinbosari U.Eshonqulov so‘zga chiqib, seminarning maqsadi, mazmun va mohiyatini tushuntirib o’tdi.

“Tikuvchi” kasbi ishlab chiqarish ta’limi ustasi N.Xudoyberdiyeva 2-bosqich 1-guruhi o‘quvchilariga “Bolalar kiyimini tikish” o‘quv amaliyotidan amaliy mashg‘ulot o’tkazdi.

“Sartarosh- model’er” kasbi ishlab chiqarish ta’limi ustasi X.Sattorova 1-bosqich 10-guruh o‘quvchilariga “Sartaroshlik ishlari texnologiyasi” o‘quv amaliyotidan amaliy mashg‘ulot o’tkazdi.

«Oshpaz-qandolatchi» kasbi ishlab chiqarish ta’limi ustasi Sh.Fozilova 2-bosqich 6-guruh o‘quvchilariga “Bolalar pazandachiligi taomlarini tayyorlash” o‘quv amaliyotidan amaliy mashg‘ulot o’tkazdi.

“Payvandlovchi” kasbi ishlab chiqarish ta’limi ustasi E.Avezov 1-bosqich 15-guruh o‘quvchilariga “Chilangarlik ishlari” o‘quv amaliyotidan amaliy mashg‘ulot o’tkazdi.

Seminar qatnashchilari ustaxonalarda o’tkazilgan amaliy mashg’ulotlar bilan tanishishdi.

Seminar qatnashchilari “Sartarosh- model’er” kasbi bo’yicha «Worldskills» standartlari asosida kasbiy musobaqalarni 1-bosqichini o’tkazishga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishishdi.

“Sartarosh- model’er” kasbi ishlab chiqarish ta’limi ustasi X.Sattorova seminar qatnashchilariga «Worldskills» standartlari asosida kasbiy musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishtirdi.

O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati boshliq o‘rinbosari U.Eshonqulov, Xorazm viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig’i v.v.b. I.Samandarov va «Oshpaz-qandolatchi» kasbi ishlab chiqarish ta’limi ustasi D.Radjabovalar seminar qatnashchilariga ustaxona jixozlari va asbob-uskunalaridan foydalanib o’quv amaliyotlarini tashkil etish bo’yicha tavsiyalar berishdi.

Xonqa tuman 1-son kasb-hunar maktabi direktori G.Axmedova seminar qatnashchilarini «Oshpaz-qandolatchi» kasbi bo’yicha «Worldskills» standartlari asosida kasbiy musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishtirdi.