O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmat 2023-yil yanvar-iyun oylaridagi ko‘rsatkichlari

Jahon banki ishtirokidagi “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash loyihasi” doirasida yetkazib berilgan uskuna va jihozlardan maqsadli va samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida “Taʼlim muassasalarida o‘quv jihozlari va asbob-uskunalardan samarali foydalanish” mavzusida joriy yilning 3-iyul kuni ZOOM platformasi orqali o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Seminarda Jahon banki ishtirokidagi “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash loyihasi” doirasida yetkazib berilgan asbob-uskuna va laboratoriya jihozlaridan foydalanib amaliy mashg‘ulotlarni o‘tadigan 39 ta Oliy taʼlim muassasalarining 97 nafar professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Seminar dasturiga ko‘ra O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati bo‘lim boshliqlari A.Ergashev, B.Saitxonov va bosh hisobchi F.Yangiboyev hamda Jahon banki ishtirokidagi “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash loyihasi” atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha maslahatchi Sh.Butayevlarning loyiha doirasida yetkazib berilgan uskuna va jihozlardan maqsadli hamda samarali foydalanish bo‘yicha maʼruzalari tinglandi.

Professor-o‘qituvchilarning loyiha doirasida yetkazib berilgan uskuna va jihozlardan taʼlim jarayonida maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
Qashqadaryoda mega tadbir — «Yoshlar sayli» davom etmoqda, 100 minglab Qashqadaryoliklar Kitob tumani «Qaynar» mahallasi adirlarida «Inson qadri ulug‘langan qomus» shiori ostida bayram saylida O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati boshlig‘i o‘rinbosari U.Eshanqulov qatnashmoqda.



O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati boshlig‘i o‘rinbosari U.Eshanqulov tomonidan 2023 yil 3 aprel kuni Kasbi tumani 1 va 2-son kasb-hunar maktablarining rahbarlari, maxsus fan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun «O‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda xom ashyo va yonilg‘i-moylash materiallaridan samarali foydalanish: Muammo va yechimlar» mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazdi.






O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati tomonidan 2023-yilning 30-mart kuni Koson tuman 3-son kasb-hunar maktabi rahbarlari, maxsus fan o`qituvchilari va ishlab chiqarish ta`limi ustalari uchun «Mavjud jihoz va xom ashyodan o`quv amaliyoti jarayonida samarali foygalanish" mavzusida o`quv seminari o`tkazildi.



Pop tuman 1-son kasb-hunar maktabida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati rahbarligida Namangan viloyatidagi professional ta’lim muassasalarining direktorlari va ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun o‘quvchilar ishtirokida “Professional ta’lim muassasalarida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarni tayyorlashda o‘quv amaliyotlarining ahamiyati” mavzusida o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi.
Seminar ishtirokchilari ta’lim muassasasi o‘quv-ustaxonalarida “Payvandlоvchi” kasbi bo‘yicha “Qirrali V simon shaklda tayyorlangan metall plastinalarni uchma-uch payvandlash”, “Avtomobillarni ta‘mirlash chilangari” kasbi bo‘yicha “Avtomobil shinalariga texnik xizmat ko‘rsatish”, “Traktorchi-mashinist” kasbi bo‘yicha “Tuproqqa ishlov berish agregatlarining ishchi organlarini o‘rnatish va rostlash”, “Oshpaz-qandolatchi” kasbi bo‘yicha “Qumoq pecheniy va qumoq kekslarni tayyorlash” mavzularida, o‘quv-tajriba va chorvachilik xo‘jaligida “Chorvador” kasbi bo‘yicha “Qoramol tanasini o‘lchab, tirik vaznini aniqlash”, “Traktorchi-mashinist” kasbi bo‘yicha “Kuzgi shudgorlash ishlari”, “Avtomobillarni ta’mirlash chilangari” kasbi bo‘yicha “Avtodromda o‘quv avtomobillarini yakka tartibda amaliy boshqarish” mavzularida ochiq o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar jarayoni bilan tanishishdi.
Seminar yakunida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati boshlig‘i o‘rinbosari U.Eshanqulov professional ta’lim muassasalarida o‘quv amaliyoti mashg‘ulotlarining sifat va samaradorligini oshirish borasida amalga oshiradigan ishlar to‘g‘risida o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
https://youtu.be/3CUCNPGPfiI

Joriy yilning 24 noyabr sanasida Zomin tuman 2-son kasb-hunar maktabida «Professional ta’lim muassasalarida o‘quv amaliyotlarining sifat va samaradorligini oshirishda innovatsion yondashuvlar» mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi, O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati bo‘lim boshlig‘i A.Ergashev, hududiy boshqarma boshlig‘i B.O‘sarov, ish beruvchi tashkilot rahbarlari, viloyatdagi Professional ta`lim muassasalar rahbar va o‘rinbosarlari, tuman hokimligi, bandlikka ko‘maklashish markazi, yoshlar ishlari agentligi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
https://youtu.be/Rv8otbRj7mU

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati rahbarligida Navoiy viloyatidagi professional ta’lim muassasalarining direktorlari va ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun «Professional ta’lim muassasalarida o‘quv amaliyotlarining sifat va samaradorligini oshirish» mavzusi bo`yicha 2022 yil 26 oktyabr kuni Konimex tuman kasb-hunar maktabida hududiy o`quv-amaliy seminar o`tkazildi.
https://youtu.be/7HBI1zN_CnE
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati rahbarligida Buxoro viloyatidagi professional ta’lim muassasalarining direktorlari va ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun «Professional ta’lim muassasalarida o’quv amaliyoti mashg’ulotlarining sifat va samaradorligini oshirish» mavzusi bo`yicha 2022 yil 25 oktyabr kuni G’ijduvon tuman 3-son kasb-hunar maktabida hududiy o`quv-amaliy seminar o`tkazildi.
https://youtu.be/rt5w4N4QwUw
Samarqand viloyati Pastdargʻom 4-son kasb-hunar maktabida ushbu mavzuga bagʻishlangan hududiy oʻquv-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.
Mazkur seminarda 16 ta kasb va mutaxassisliklarda ishlatiladigan homashyo va jixozlardan samarali foydalanib oʻquv amaliyotini tashkil etish yuzasidan amaliy mashgʻulot darslari namoyish etildi.
Vazir oʻrinbosari Sadoqat Siddiqova rahbarlik qilgan mazkur seminarda viloyatdagi 71 ta professional taʼlim muassasalarning direktorlari va ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha direktor oʻrinbosarlari hamda mutasaddi rahbarlar ishtirok etishdi.
Shundan soʻng, professional taʼlim muassasalari direktorlari va ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha direktor oʻrinbosarlari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda vazir oʻrinbosari kasb-hunar maktablari faoliyatini takommillashtirish, taʼlim sifatini oshirish, ilgʻor tajribalarni keng jalb etishga eʼtibor qaratdi. Masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
https://youtu.be/fXz1QDEwVjQ