• 2-Chimboy kuchasi, 96-uy Toshkent sh, Olmazor tumani
  • Telefon (71) 207 54 55
  • Dush - Jum 09:00 - 18:00

Рубрика: Nazorat xizmati yangiliklari

Aziz va munis onaxonlar va dilbar opa-singillar sohamizning barcha muxtarama ayollari hamda go‘zal qizlari! Barchangizga nafis bahor, muhabbat, go‘zallik, latofat va mehr ramzi bo‘lgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!

Odatda ayolni bahorga, bahorni esa ayolga qiyoslashadi. Zotan o‘lkamiz uzra muattar sepini yoya boshlagan bahorning ilk kunlari aynan xotin-qizlar bayrami bilan boshlanishi ham ramziy ma’no kasb etadi. Ayoli bor oila qut-barakali, fayzli va tarovatli bo‘ladi. Yurtimiz ham, jamiyatimiz ham ayol bilan go‘zaldir.

O‘zbekistonimiz turmush tarzining osudaligi, baxt-saodatli va totuvligi, olib borilayotgan har bir bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlarida ayollarimizning aql-zakovati, o‘tkir zehni mujassam ekanligini quvonch bilan ta’kidlab o‘tishimiz joiz.

Demak, Siz hamisha el-yurt ardog‘idasiz. Sizning salomatligingiz, baxtingiz, sha’n va huquqingiz biz uchun ko‘z qorachig‘idek azizdir.

Aziz va muxtaram opa-singillar!

Barchangizni er kurramizda keng miqyosda nishonlanib kelinayotgan 8 – mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy qutlab, Sizlarga sihat-salomatlik, oilalaringizda to‘kin-sochinlik, baxt-saodat, shodu- hurramlik, sharafli ishlaringizda yangidan-yangi zafarlar tilayman.

Ayollik baxti, bekalik taxti, onalik martabasi Sizlarga hamisha hamroh bo‘lsin!

Taʼlim muassasalarining oʻquv xonalari, asbob-uskunalari va anjomlari xavfsizligiga doir texnik reglamentlarning ekspertizasi tashkil etildi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim muassasalarining oʻquv xonalari xavfsizligi toʻgʻrisida”gi hamda “Oʻquv asbob-uskunalari va anjomlari xavfsizligiga doir” texnik reglamentlarni ekspertizadan oʻtkazishga bagʻishlangan muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

 

Ushbu texnik reglamentlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy va professional taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash markazi mutaxassislari, shuningdek, Toshkent davlat texnika universiteti hamda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professor-o‘qituvchilari hamkorligida takomillashtirilib, ularni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Muhokama jarayonida jamoatchilik tomonidan o‘quv xonalarining yong‘in xavfsizligi, havo tozalash tizimlari, mebel va jihozlarning ergonomik talablarga javob berishi hamda texnik vositalarning ekologik xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha bildirilgan takliflarning ayrimlari reglament talablarini yanada takomillashtirish jarayonida inobatga olingani qayd etildi.

Tadbir davomida mutasaddi tashkilotlar va taʼlim muassasalari vakillaridan iborat ekspertlar o‘z fikrlarini bildirib, xalqaro tajribani inobatga olgan holda ushbu xavfsizlik reglamentlarini taʼlim tizimiga joriy etish samaradorlikka xizmat qilishini taʼkidladilar.

Yig‘ilish yakunida ekspert komissiyalari tomonidan o‘tkazilgan ekspertiza natijalari asosida texnik reglamentlar O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq ishlab chiqilgani tasdiqlandi.

 

 

 

Prezident topshirigʻi boʻyicha Respublika ishchi guruhlarining Oliy ta’lim muassasalarida olib borayotgan ishlari oʻrganildi.

 

Maʼlumki, Muhtaram Prezidentimiz joriy yilning 22-yanvar kuni oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishgan edilar.  Hozirda mazkur taqdimotda belgilab berilgan vazifalar yuzasidan Respublika ishchi guruhi joylarda oʻrganish ishlarini olib bormoqda.

Jumladan, oliy ta’lim tashkilotlarini 2025-yilda rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash hamda faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan ushbu Respublika ishchi guruhi tomonidan oʻrganish ishlarini davom ettirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari, mahalliy kengashlar deputatlari, vazirlik va idoralarning viloyat tarkibiy bo‘linmalari mas’ul xodimlaridan iborat ushbu ishchi guruhning maqsadi — oliy ta’lim tashkilotining har bir faoliyat yo‘nalishini tahlil qilish hamda ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024-yil kuz mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko‘chatlari

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 18-sentabrdagi 05/1-3053-son topshirig‘iga asosan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024-yil kuz mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 408,0 ming dona manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekishning hududlardagi oliy, o‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalari kesimida taqsimotlari belgilandi. Shunga muvofiq belgilangan reja doirasida respublikadagi oliy, o‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalari tomonidan kuz mavsumida 610,27 ming dona (143,3%) manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari bajarilib, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi platformasiga kiritildi.

Futbol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasida Markaz xodimlari faol ishtirok etishdi

Joriy yilning 6–7-mart kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda vazirlik tizimidagi tashkilotlar xodimlari o‘rtasida “Vazir kubogi” futbol musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan “Futbol o‘yini qoidalari” bo‘yicha o‘tkazilib, tajribali hakamlar tomonidan o‘yin qoidalariga asosan boshqarib borildi.

Vazirlik va tizim tashkilotlari xodimlari orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni ommaviy tarzda jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish hamda sportning futbol turini ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada tarkibi 10 kishidan iborat 12 ta jamoa qatnashib, bosh sovrin uchun to‘p surishdi.

G‘olib va sovrindorlar vazirlikning I, II va III darajali tegishli diplomlar hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib, g‘olib bo‘lgan jamoaga musobaqa ko‘chma kubogi tantanali topshirildi.

Shuningdek, ishtirokchilar orasidan musobaqaning “Eng yaxshi faxriy o‘yinchisi”, “Eng yaxshi darvozaboni”, “Eng yaxshi to‘purari”, “Eng yaxshi o‘yinchisi” nominatsiyalari g‘oliblari ham esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ishtirokchilar orasidan musobaqaning “Eng yaxshi faxriy o‘yinchisi” nominatsiyasi bo‘yicha Azamat Ergashyev g‘olib deb topildi. Ularga Vazirlikning tegishli diplomlari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib  ko‘chma kubog tantanali topshirildi.

“Mehr va sadoqat timsoli” ayollarimizni 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni bilan tabriklaymiz!

Xalqimizda “jannat onalar oyog‘i ostida” – degan naql bor. Har bir inson atrofidagi ayollarga – onasi, singlisi, opa va qizi kabi qarashi va e’zozlashini istar edik.  Bu bayram bahorning ilk va eng go‘zal bayrami. Bayram munosabati bilan mamlakatdagi barcha onaxonlar, opa-singillarimizni samimiy tabriklaymiz va shu bilan birga ularga eng yaxshi  tilaklarimizni bildiramiz. Ayolning hurmati, o‘rnini baland ko‘targan jamiyat, davlatda rivojlanish ham tez, yuqori bo‘ladi. Jamiyatimizda ham ayollarning o‘rni, roli oshaversin. Ta’lim, tibbiyot va boshqa sohalarda ishlab faoliyat olib borayotgan ayollarimizni yana bir bor bugungi bayram bilan muborakbod e’tamiz.

 

 

Kollej va texnikumlarda oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun zarur boʻladigan xom ashyo va yonilgʻi-moylash materiallarini xarid qilishga talab etiladigan mablagʻlar boʻyicha talabnomalarni tayyorlash yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi. 

Oʻquv ustaxonalar texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati,  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 2023-yil 25-iyulda tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3- iyuldagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-200-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 8-avgust kuni Hududiy boshqarmadan biriktirilgan xodimlar bilan birgalikda kollej va texnikumlarda oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun zarur boʻladigan xom ashyo va yonilgʻi-moylash materiallarini xarid qilishga talab etiladigan mablagʻlar boʻyicha talabnomalarni tayyorlash yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.

 

Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi

 Jahon banki ishtirokidagi “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash loyihasi” doirasida yetkazib berilgan uskuna va jihozlardan maqsadli va samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida “Taʼlim muassasalarida o‘quv jihozlari va asbob-uskunalardan samarali foydalanish” mavzusida joriy yilning 3-iyul kuni ZOOM platformasi orqali o‘quv-seminar o‘tkazildi.

             Seminarda Jahon banki ishtirokidagi “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash loyihasi” doirasida yetkazib berilgan asbob-uskuna va laboratoriya jihozlaridan foydalanib amaliy mashg‘ulotlarni o‘tadigan 39 ta Oliy taʼlim muassasalarining 97 nafar professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

              Seminar dasturiga ko‘ra O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati bo‘lim boshliqlari A.Ergashev, B.Saitxonov va bosh hisobchi F.Yangiboyev hamda Jahon banki ishtirokidagi “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash loyihasi” atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha maslahatchi Sh.Butayevlarning loyiha doirasida yetkazib berilgan uskuna va jihozlardan maqsadli hamda samarali foydalanish bo‘yicha maʼruzalari tinglandi.

         Professor-o‘qituvchilarning loyiha doirasida yetkazib berilgan uskuna va jihozlardan taʼlim jarayonida maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.