• 2-Chimboy kuchasi, 96-uy Toshkent sh, Olmazor tumani
  • Telefon (71) 207 54 55
  • Dush - Jum 09:00 - 18:00

Все записи от Ilxom Xayitov

Qoraqalpog’iston Respublikasi Professional ta`lim muassasalari rahbarlariga o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati rahbarligida Qoraqalpog’iston Respublikasidagi “Professional ta’lim muassasalarida o‘quv amaliyotlarini  sifatli o‘tkazishni tashkil etish, ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan o‘quv-me’yoriy hujjatlarning yuritilishi, jihozlardan samarali foydalanish hamda tizimda tayyorlanayotgan o‘rta bogin kadrlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish” mavzusida Qoraqalpog’iston Respublikasi professional ta’lim muassasalari rahbarlari uchun 2021 yil 3-dekabr kuni  Ellikqala tumani kasb-hunar maktabida o‘tkaziladigan mintaqaviy o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.  https://youtu.be/mdzHxjy58n0  

Samarqand viloyati Professional ta`lim muassasalari rahbarlariga o`quv-amaliy seminar o`tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati rahbarligida Samarqand viloyatidagi professional ta’lim muassasalari direktorlari va ishlab chiqarish  ta`limi boyicha o`rinbosarlari  uchun “Professional ta’lim muassasalarida o‘quv amaliyotlarining sifat va samaradorligini oshirish”  mavzusida  2021-yilning  13-dekabr kuni Samarqand shahar kasb-hunar maktabida mintaqaviy o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
https://youtu.be/-l4LfGN98xI

Qashqadaryo viloyati professional ta’lim muassasalari rahbarlari uchun mintaqaviy o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati rahbarligida Qashqadaryo viloyatidagi professional ta’lim muassasalari direktorlari va ishlab chiqarish  ta`limi boyicha o`rinbosarlari  uchun “Professional ta’lim muassasalarida o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarining sifat va samaradorligini oshirish”  mavzusida  2021-yilning  26-noyabr kuni G‘uzor  tumani 1-son kasb-hunar maktabida mintaqaviy o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

https://youtu.be/hH4llVJCNLo?t=6

 

Navoiy va Buxoro viloyatlari professional ta’lim muassasalari rahbarlari uchun mintaqaviy o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati rahbarligida Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi professional ta’lim muassasalari direktorlari va ishlab chiqarish  ta`limi boyicha o`rinbosarlari  uchun “Professional ta’lim muassasalarida o‘quv amaliyotlarinining sifat va samaradorligini oshirish”  mavzusida  2021-yilning  19-noyabr kuni Vobkent  tumani 1-son kasb-hunar maktabida mintaqaviy o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatlari professional ta’lim muassasalari o’rganildi.

O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati mutaxassislaridan iborat ishchi guruh 2021-yil II-yarim yillik ish rejasiga muvofiq  2021-yilning 4-16-oktabr kunlari Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatlaridagi  professional ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida jihoz, asbob-uskuna, texnika, sarflanadigan xom ashyo va materiallardan samarali foydalanish holatlarini o‘rganish, shuningdek o‘quv amaliyotlarini tashkil etish, kasbiy tayyorgarlik holatlarini tahlil qilish va ta’lim muassasalariga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida xizmat safarida bo‘lishdi.

M.Botirov tomonidan Nukus shahar 1-son kasb-hunar maktabi Tikuvchilik ustaxonasida 2-bosqich «Tikuvchi» kasbi ishlab chiqarish ta’limi ustasi T.Ajiniyazovaning “Bolalar kiyimini tikish” o’quv amaliyotidan “Bolalar sorochkasini tikish” mavzusidagi amaliy mashg’uloti o`rganildi.

M.Botirov tomonidan Kegeyli tuman 1-son kasb-hunar maktabida “Chilangarlik” ustaxonasida “Avtomobil dvigatellari qismlarga  ajratish va yig`ish chilangari”  kasbi  1-bosqich  4-21 guruhida ishlab chiqarish ta`limi ustasi Q.Qulbayev “Chilangarlik ishi” oquv amaliyotidan «Metallarni qirqish» mavzusidagi o`quv mashg`uloti o`rganildi. 

A.Ergashev tomonidan Urganch tuman  1-son kasb-hunar maktabida Tikuvchilik ustaxonasida «Tikuvchi» kasbi 1-bosqich 8-21 guruhida ishlab chiqarish ta’limi ustasi Y.Botirovaning “Kiyim mayda detallarga ishlov berish” o’quv amaliyotidan “Tikuv mashinalari turlari” mavzusidagi o’quv mashg’uloti o’rganildi.

S.Uralov Qo’ng’irot tuman 1-son kasb-hunar maktabida «Tikuvchi» kasbi 2-bosqich 9-20 guruxida ishlab chiqarish ta’limi ustasi N.Seytmuratovaning «Ayollar kiyimini tikish» o‘quv amaliyotidan «Ayollar ko’ylagi yoqalarini tikish» mavzusidagi amaliy mashg’ulotni o’rgandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati professional ta’lim muassasalari rahbarlari uchun mintaqaviy o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati rahbarligida “Professional ta’lim muassasalarida o‘quv amaliyotlarini sifatli o‘tkazishni tashkil etish, ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan o‘quv-me’yoriy hujjatlarning yuritilishi, jihozlardan samarali foydalanish hamda tizimda tayyorlanayotgan o‘rta bo‘g‘in kadrlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish” mavzusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati professional ta’lim muassasalari rahbarlari uchun 2021-yilning 16-oktabr kuni Xonqa tumani 1-son kasb-hunar maktabida mintaqaviy o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati boshliq o‘rinbosari U.Eshonqulov so‘zga chiqib, seminarning maqsadi, mazmun va mohiyatini tushuntirib o’tdi.

“Tikuvchi” kasbi ishlab chiqarish ta’limi ustasi N.Xudoyberdiyeva 2-bosqich 1-guruhi o‘quvchilariga “Bolalar kiyimini tikish” o‘quv amaliyotidan amaliy mashg‘ulot o’tkazdi.

“Sartarosh- model’er” kasbi ishlab chiqarish ta’limi ustasi X.Sattorova 1-bosqich 10-guruh o‘quvchilariga “Sartaroshlik ishlari texnologiyasi” o‘quv amaliyotidan amaliy mashg‘ulot o’tkazdi.

«Oshpaz-qandolatchi» kasbi ishlab chiqarish ta’limi ustasi Sh.Fozilova 2-bosqich 6-guruh o‘quvchilariga “Bolalar pazandachiligi taomlarini tayyorlash” o‘quv amaliyotidan amaliy mashg‘ulot o’tkazdi.

“Payvandlovchi” kasbi ishlab chiqarish ta’limi ustasi E.Avezov 1-bosqich 15-guruh o‘quvchilariga “Chilangarlik ishlari” o‘quv amaliyotidan amaliy mashg‘ulot o’tkazdi.

Seminar qatnashchilari ustaxonalarda o’tkazilgan amaliy mashg’ulotlar bilan tanishishdi.

Seminar qatnashchilari “Sartarosh- model’er” kasbi bo’yicha «Worldskills» standartlari asosida kasbiy musobaqalarni 1-bosqichini o’tkazishga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishishdi.

“Sartarosh- model’er” kasbi ishlab chiqarish ta’limi ustasi X.Sattorova seminar qatnashchilariga «Worldskills» standartlari asosida kasbiy musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishtirdi.

O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati boshliq o‘rinbosari U.Eshonqulov, Xorazm viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig’i v.v.b. I.Samandarov va «Oshpaz-qandolatchi» kasbi ishlab chiqarish ta’limi ustasi D.Radjabovalar seminar qatnashchilariga ustaxona jixozlari va asbob-uskunalaridan foydalanib o’quv amaliyotlarini tashkil etish bo’yicha tavsiyalar berishdi.

Xonqa tuman 1-son kasb-hunar maktabi direktori G.Axmedova seminar qatnashchilarini «Oshpaz-qandolatchi» kasbi bo’yicha «Worldskills» standartlari asosida kasbiy musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishtirdi.

 

Namangan viloyati va Toshkent shahridagi professional ta’lim muassasalarida kasbiy tayyorgarlik jarayoni o’rganildi

     O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati mutaxassislaridan iborat ishchi guruh 2021-yil II-yarim yillik ish rejasiga muvofiq  2021-yilning 13-22-sentyabr kunlari Namangan viloyati va Toshkent shahridagi professional ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida jihoz, asbob-uskuna, texnika, sarflanadigan xom ashyo va materiallardan samarali foydalanish holatlarini o‘rganish, shuningdek o‘quv amaliyotlarini tashkil etish, kasbiy tayyorgarlik holatlarini tahlil qilish va ta’lim muassasalariga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida xizmat safarida bo‘lishdi.

 

Boshliq o‘rinbosari U.Eshankulov Norin Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi rahbarlari va o‘qituvchilari uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarning o‘qitish materiallarini ishlab chiqish yuzasidan o‘quv seminar o‘tkazdi.

 

Boshliq o‘rinbosari U.Eshankulov Namangan tuman 1-son kasb-hunar maktabida ishlab chiqarish ta’limi ustasi S.Karimovning “Avtomobillar tuzilishi” o‘quv amaliyotidan “Sovitish va moylash tizimini qismlarga ajratish va yig‘ish” mavzusidagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilishini o‘rgandi.

Bosh mutaxassis B.Saitxonov Namangan shahar 2-tibbiyot kollejida «Hamshiralik ishi asoslari» o‘quv-amaliy mashg‘uloti o‘qituvchisi M.Abdullayevaning «Sun’iy o‘pka yurak reanimatsiyasi» mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazilishi holatini o‘rgandi.

Bo‘lim boshlig‘i A.Ergashev Toshkent shahar Sergeli tuman kasb-hunar maktabida ishlab chiqarish ta’limi ustasi M.Ashurovaning “Kiyim mayda detallariga ishlov berish” o‘quv amaliyotidan “Turli yoqalarni tayyorlash va tikish” mavzusidagi amaliyot mashg‘uloti o‘tkazilishi holatini o‘rgandi.

Bo‘lim boshlig‘i M.Botirov Toshkent shahar Yunusobod Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida Hamshiralik ishi o‘quv-amaliy mashg‘uloti o‘qituvchisi G.Usmanovaning «Ichak yo‘li muammosida xukna o‘tkazish muammosi» mavzusidagi amaliy mashg‘uloti o‘tkazilishi holatini o‘rgandi.