• 2-Chimboy kuchasi, 96-uy Toshkent sh, Olmazor tumani
  • Telefon (71) 207 54 55
  • Dush - Jum 09:00 - 18:00

Все записи от Ilxom Xayitov

Kollej va texnikumlarda oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun zarur boʻladigan xom ashyo va yonilgʻi-moylash materiallarini xarid qilishga talab etiladigan mablagʻlar boʻyicha talabnomalarni tayyorlash yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi. 

Oʻquv ustaxonalar texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati,  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 2023-yil 25-iyulda tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3- iyuldagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-200-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 8-avgust kuni Hududiy boshqarmadan biriktirilgan xodimlar bilan birgalikda kollej va texnikumlarda oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun zarur boʻladigan xom ashyo va yonilgʻi-moylash materiallarini xarid qilishga talab etiladigan mablagʻlar boʻyicha talabnomalarni tayyorlash yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.

 

Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi

 Jahon banki ishtirokidagi “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash loyihasi” doirasida yetkazib berilgan uskuna va jihozlardan maqsadli va samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida “Taʼlim muassasalarida o‘quv jihozlari va asbob-uskunalardan samarali foydalanish” mavzusida joriy yilning 3-iyul kuni ZOOM platformasi orqali o‘quv-seminar o‘tkazildi.

             Seminarda Jahon banki ishtirokidagi “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash loyihasi” doirasida yetkazib berilgan asbob-uskuna va laboratoriya jihozlaridan foydalanib amaliy mashg‘ulotlarni o‘tadigan 39 ta Oliy taʼlim muassasalarining 97 nafar professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

              Seminar dasturiga ko‘ra O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati bo‘lim boshliqlari A.Ergashev, B.Saitxonov va bosh hisobchi F.Yangiboyev hamda Jahon banki ishtirokidagi “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash loyihasi” atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha maslahatchi Sh.Butayevlarning loyiha doirasida yetkazib berilgan uskuna va jihozlardan maqsadli hamda samarali foydalanish bo‘yicha maʼruzalari tinglandi.

         Professor-o‘qituvchilarning loyiha doirasida yetkazib berilgan uskuna va jihozlardan taʼlim jarayonida maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

 

 

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tizim tashkilotlari vakillaridan iborat bir guruh jamoa sana munosabati bilan poytaxtimizdagi Xotira maydoniga kelib, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qoʻyishdi.

Bugun yurtimizda Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 78 yilligi keng nishonlanmoqda. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi ushbu shonli sana munosabati bilan Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qoʻyishdi. Bugungi yorugʻ kunlar uchun fido boʻlgan insonlarni yod etib, ular xotirasiga hurmat bajo keltirishdi.

 

O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati tomonidan 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Toshkent shahrida yashovchi mehnat va urush faxriylarini samimiy tabriklab va ularni moddiy rag‘batlantirildi.

9 may-“Xotira va qadrlash kuni” bayram munosabati bilan O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati boshlig‘i O‘.Xidirov, boshliq o‘rinbosari U.Eshankulov va bo‘lim boshlig‘i A.Ergashevlar Toshkent shahri istiqomat qilayotgan urush faxriylarining holidan xabar olish, samimiy tabriklash maqsadida xonadonlariga tashrif buyurishdi.

Dastlab, Toshkent shahri, Chilonzor tumani Afshona ko‘cha 70-uy, 3-xonadon istiqomat qiluvchi 1937 yilda tug‘ilgan 86 yoshli Lyudmila Minovarova Nikolaevna xonadoniga yo‘qlab borildi. Suhbat mobaynida onaxon mehmonlarga o‘z samimiy tilaklarni tilab minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek, Chilonzor tumani 1-mavze, 54-uy, 18-xonadon yashovchi Leningrad shahri qamalida bo‘lgan 1937 yilda tug‘ilgan 86 yoshli Spivak Natalya Grigorevna holidan xabar olindi.

Urush faxrilarimizga qahramonliklari, Vatan himoyasidagi tengsiz jasorati uchun O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati xodimlari nomidan minnatdorchilik va samimiy tilaklar bildirgan holda estalik sovg‘alari berildi.

 

Qashqadaryo viloyatidagi Kasbi tumani 1 va 2-son kasb-hunar maktablarida o`quv-amaliy seminari o`tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati boshlig‘i o‘rinbosari U.Eshanqulov tomonidan 2023 yil 3 aprel kuni Kasbi tumani 1 va 2-son kasb-hunar maktablarining rahbarlari, maxsus fan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun «O‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda xom ashyo va yonilg‘i-moylash materiallaridan samarali foydalanish: Muammo va yechimlar» mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazdi.

 

Qashqadaryo viloyatidagi Koson tuman 3-son kasb-hunar maktabida o`quv seminari o`tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati tomonidan 2023-yilning 30-mart kuni Koson tuman 3-son kasb-hunar maktabi rahbarlari, maxsus fan o`qituvchilari va ishlab chiqarish ta`limi ustalari uchun «Mavjud jihoz va xom ashyodan o`quv amaliyoti jarayonida samarali foygalanish" mavzusida o`quv seminari o`tkazildi.

 

Namangan viloyati “Professional ta’lim muassasalarida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarni tayyorlashda o‘quv amaliyotlarining ahamiyati” mavzusida o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi.

Pop tuman 1-son kasb-hunar maktabida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati rahbarligida Namangan viloyatidagi professional ta’lim muassasalarining direktorlari va ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun o‘quvchilar ishtirokida “Professional ta’lim muassasalarida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarni tayyorlashda o‘quv amaliyotlarining ahamiyati” mavzusida o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi.

Seminar ishtirokchilari ta’lim muassasasi o‘quv-ustaxonalarida “Payvandlоvchi” kasbi bo‘yicha “Qirrali V simon shaklda tayyorlangan metall plastinalarni uchma-uch payvandlash”, “Avtomobillarni ta‘mirlash chilangari” kasbi bo‘yicha “Avtomobil shinalariga texnik xizmat ko‘rsatish”, “Traktorchi-mashinist” kasbi bo‘yicha “Tuproqqa ishlov berish agregatlarining ishchi organlarini o‘rnatish va rostlash”, “Oshpaz-qandolatchi” kasbi bo‘yicha “Qumoq pecheniy va qumoq kekslarni tayyorlash” mavzularida, o‘quv-tajriba va chorvachilik xo‘jaligida “Chorvador” kasbi bo‘yicha “Qoramol tanasini o‘lchab, tirik vaznini aniqlash”, “Traktorchi-mashinist” kasbi bo‘yicha “Kuzgi shudgorlash ishlari”, “Avtomobillarni ta’mirlash chilangari” kasbi bo‘yicha “Avtodromda o‘quv avtomobillarini yakka tartibda amaliy boshqarish” mavzularida ochiq o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar jarayoni bilan tanishishdi.

Seminar yakunida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati boshlig‘i o‘rinbosari U.Eshanqulov professional ta’lim muassasalarida o‘quv amaliyoti mashg‘ulotlarining sifat va samaradorligini oshirish borasida amalga oshiradigan ishlar to‘g‘risida o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

https://youtu.be/3CUCNPGPfiI

Jizzax viloyati “Professional ta’lim muassasalarida o‘quv amaliyotlarining sifat va samaradorligini oshirishda innovatsion yondashuvlar” mavzusida hududiy o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Joriy yilning 24 noyabr sanasida Zomin tuman 2-son kasb-hunar maktabida «Professional ta’lim muassasalarida o‘quv amaliyotlarining sifat va samaradorligini oshirishda innovatsion yondashuvlar» mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi, O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati bo‘lim boshlig‘i A.Ergashev, hududiy boshqarma boshlig‘i B.O‘sarov, ish beruvchi tashkilot rahbarlari, viloyatdagi Professional ta`lim muassasalar rahbar va o‘rinbosarlari, tuman hokimligi, bandlikka ko‘maklashish markazi, yoshlar ishlari agentligi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

https://youtu.be/Rv8otbRj7mU