• 2-Chimboy kuchasi, 96-uy Toshkent sh, Olmazor tumani
  • Telefon (71) 207 54 55
  • Dush - Jum 09:00 - 18:00

Все записи от Ilxom Xayitov

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni

14-yanvar O’zbekistonda har yili Vatan himoyachilari kuni sifatida keng nishonlanadi. Ush sana mamlakat mustaqilligi mustahkamlanayotgan davrda muhim tarixiy voqea — 1992-yil 14-yilda O’zbekiston-g’ozi harbiy qismlar va harbiy tuzilmalar respublika tasarrufiga o’quv quroli, ya’ni milliy milliyolli Kuchlarning yutuqlari kun bilan bog’. Oradan bir yil o’tib, 1993-yil 29-Dekabrda ushbu sana rasmiy bayram sifatida belgilandi.

Bugungi kunda Vatan himoyachilari kuni O’zbekistonning mustaqil Qurolli Kuchlarini qadrlash, harbiy xizmatchilar mehnatini e’tirof etish va jamiyatda vatanparvarlik ruhini zaifga muhim bayramdir. Bu kun milliy professional harbiylarga, balki Vatan ravnaqi uchun mas’uliyat sezib yashayotgan barcha yurtdoshlarga hurmat ifodasi sifatida qaraladi.

Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha uchrashuv

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 11-dekabrdagi “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi”ga muvofiq, Kasbiy taʼlim moddiy-texnika taʼminoti markazi xodimlari uchun korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targʻibot uchrashuvi tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda Olmazor tumani IIO FMB XPB inspektori, kapitan Niyazov Nuriddin Muxammadiyevich ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning huquqiy oqibatlari, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etish majburiyati, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va uni bartaraf etishning tashkiliy-huquqiy asoslari hamda sovgʻalar olish va berish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Markaz xodimlari uchun korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlarini yoritib beruvchi hujjatli film namoyish etildi.

9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

Dunyoning rivojlanishi hamda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida korru siyaga qarshi kurashda birlashmog‘imiz lozim!

Korrupsiya – bu har bir jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishini izdan chiqaruvchi eng xavfli jinoyatdir.

Hech qaysi mamlakat, biron-bir hudud yoki jamiyat yo‘qki u korrupsiyaga qarshi immunitetga ega bo‘lsa.

Birlashgan millatlar tashkilotida barcha davlatlar hamkorlikda, ta’lim, tibbiyot, sud-huquq, demokratiyaning rivojlanishiga korrupsiyaning kirib borishiga asosiy e’tiborini qaratuvchi tadbir ishlab chiqilgan. Xalqaro tadbir o‘zining e’tiborini korrupsiyaning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda eng katta to‘siq bo‘lishga qaratadi.

Shu munosabat bilan 2003-yil 09-dekabr kuni Meksikada BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasi imzolangan va ushbu kun Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida e’lon qilingan. Shu tariqa 2004-yil 09-dekabr kunidan boshlab Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanmoqda.

Xalqaro kunlar nima uchun kerak?

Xalqaro kunlar keng jamoatchilikni muammolardan xabardor qilib borish, global muammolarni hal qilish maqsadida siyosiy kuch va vositalarni safarbar qilish, shuningdek insoniyat yutuqlarini namoyish qilish hamda ularni ulug‘lash uchun kerak.

Bosh assambleyaning rezolyusiyasida ko‘rsatilganidek ushbu xalqaro kunni tashkil etishdan maqsad korrupsiya muammosiga kuchli (yoki muhim) e’tibor qaratish, shuningdek korrupsiya va unga qarshi kurashishda Konvensiyaning o‘rni(roli)ni kuchaytirishdan iboratdir. Rezolyusiyada ushbu kunni keng nishonlash va tegishli tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar yo‘q.

Korrupsiya jamiyat, davlat hokimiyati organlarining manfaatlariga qarshi qaratilgan noqonuniy faoliyatning maxsus ko‘rinishi ekanligini tushunish muhimdir; u mansabdor shaxs va fuqaro(mijoz)ning o‘zaro kelishuvga erishib til biriktirishidir. Undan olinadigan moddiy va nomoddiy imtiyozlar noqonuniy bo‘lib, ularning atrofida ahloqsiz ijtimoiy muhit yuzaga keladi.

Korrupsiyaning shakllari turlicha, ammo korrupsiya oqibatlari har qanday mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga, mamlakat aholisiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shu sababli bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashda jamiyatda korrupsiyaga qarshi huquqiy ongni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, ya’ni korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi insonning o‘zida ichki rad etishni shakllantirmoq kerak.

Bugungi kunda har bir fuqaroda: “Poraxo‘r mansabdor shaxs bo‘lish nafaqat xavfli balki sharmandali hamdir, ammo halol yashash foydali va obro‘lidir” degan ichki ishonchni shakllantirish korrupsiyaga qarshi davlat siyosatining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Aziz va munis onaxonlar va dilbar opa-singillar sohamizning barcha muxtarama ayollari hamda go‘zal qizlari! Barchangizga nafis bahor, muhabbat, go‘zallik, latofat va mehr ramzi bo‘lgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!

Odatda ayolni bahorga, bahorni esa ayolga qiyoslashadi. Zotan o‘lkamiz uzra muattar sepini yoya boshlagan bahorning ilk kunlari aynan xotin-qizlar bayrami bilan boshlanishi ham ramziy ma’no kasb etadi. Ayoli bor oila qut-barakali, fayzli va tarovatli bo‘ladi. Yurtimiz ham, jamiyatimiz ham ayol bilan go‘zaldir.

O‘zbekistonimiz turmush tarzining osudaligi, baxt-saodatli va totuvligi, olib borilayotgan har bir bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlarida ayollarimizning aql-zakovati, o‘tkir zehni mujassam ekanligini quvonch bilan ta’kidlab o‘tishimiz joiz.

Demak, Siz hamisha el-yurt ardog‘idasiz. Sizning salomatligingiz, baxtingiz, sha’n va huquqingiz biz uchun ko‘z qorachig‘idek azizdir.

Aziz va muxtaram opa-singillar!

Barchangizni er kurramizda keng miqyosda nishonlanib kelinayotgan 8 – mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy qutlab, Sizlarga sihat-salomatlik, oilalaringizda to‘kin-sochinlik, baxt-saodat, shodu- hurramlik, sharafli ishlaringizda yangidan-yangi zafarlar tilayman.

Ayollik baxti, bekalik taxti, onalik martabasi Sizlarga hamisha hamroh bo‘lsin!

Taʼlim muassasalarining oʻquv xonalari, asbob-uskunalari va anjomlari xavfsizligiga doir texnik reglamentlarning ekspertizasi tashkil etildi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim muassasalarining oʻquv xonalari xavfsizligi toʻgʻrisida”gi hamda “Oʻquv asbob-uskunalari va anjomlari xavfsizligiga doir” texnik reglamentlarni ekspertizadan oʻtkazishga bagʻishlangan muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

 

Ushbu texnik reglamentlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy va professional taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash markazi mutaxassislari, shuningdek, Toshkent davlat texnika universiteti hamda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professor-o‘qituvchilari hamkorligida takomillashtirilib, ularni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Muhokama jarayonida jamoatchilik tomonidan o‘quv xonalarining yong‘in xavfsizligi, havo tozalash tizimlari, mebel va jihozlarning ergonomik talablarga javob berishi hamda texnik vositalarning ekologik xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha bildirilgan takliflarning ayrimlari reglament talablarini yanada takomillashtirish jarayonida inobatga olingani qayd etildi.

Tadbir davomida mutasaddi tashkilotlar va taʼlim muassasalari vakillaridan iborat ekspertlar o‘z fikrlarini bildirib, xalqaro tajribani inobatga olgan holda ushbu xavfsizlik reglamentlarini taʼlim tizimiga joriy etish samaradorlikka xizmat qilishini taʼkidladilar.

Yig‘ilish yakunida ekspert komissiyalari tomonidan o‘tkazilgan ekspertiza natijalari asosida texnik reglamentlar O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq ishlab chiqilgani tasdiqlandi.

 

 

 

Prezident topshirigʻi boʻyicha Respublika ishchi guruhlarining Oliy ta’lim muassasalarida olib borayotgan ishlari oʻrganildi.

 

Maʼlumki, Muhtaram Prezidentimiz joriy yilning 22-yanvar kuni oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishgan edilar.  Hozirda mazkur taqdimotda belgilab berilgan vazifalar yuzasidan Respublika ishchi guruhi joylarda oʻrganish ishlarini olib bormoqda.

Jumladan, oliy ta’lim tashkilotlarini 2025-yilda rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash hamda faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan ushbu Respublika ishchi guruhi tomonidan oʻrganish ishlarini davom ettirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari, mahalliy kengashlar deputatlari, vazirlik va idoralarning viloyat tarkibiy bo‘linmalari mas’ul xodimlaridan iborat ushbu ishchi guruhning maqsadi — oliy ta’lim tashkilotining har bir faoliyat yo‘nalishini tahlil qilish hamda ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024-yil kuz mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko‘chatlari

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 18-sentabrdagi 05/1-3053-son topshirig‘iga asosan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024-yil kuz mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 408,0 ming dona manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekishning hududlardagi oliy, o‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalari kesimida taqsimotlari belgilandi. Shunga muvofiq belgilangan reja doirasida respublikadagi oliy, o‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalari tomonidan kuz mavsumida 610,27 ming dona (143,3%) manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari bajarilib, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi platformasiga kiritildi.

Futbol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasida Markaz xodimlari faol ishtirok etishdi

Joriy yilning 6–7-mart kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda vazirlik tizimidagi tashkilotlar xodimlari o‘rtasida “Vazir kubogi” futbol musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan “Futbol o‘yini qoidalari” bo‘yicha o‘tkazilib, tajribali hakamlar tomonidan o‘yin qoidalariga asosan boshqarib borildi.

Vazirlik va tizim tashkilotlari xodimlari orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni ommaviy tarzda jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish hamda sportning futbol turini ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada tarkibi 10 kishidan iborat 12 ta jamoa qatnashib, bosh sovrin uchun to‘p surishdi.

G‘olib va sovrindorlar vazirlikning I, II va III darajali tegishli diplomlar hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib, g‘olib bo‘lgan jamoaga musobaqa ko‘chma kubogi tantanali topshirildi.

Shuningdek, ishtirokchilar orasidan musobaqaning “Eng yaxshi faxriy o‘yinchisi”, “Eng yaxshi darvozaboni”, “Eng yaxshi to‘purari”, “Eng yaxshi o‘yinchisi” nominatsiyalari g‘oliblari ham esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ishtirokchilar orasidan musobaqaning “Eng yaxshi faxriy o‘yinchisi” nominatsiyasi bo‘yicha Azamat Ergashyev g‘olib deb topildi. Ularga Vazirlikning tegishli diplomlari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib  ko‘chma kubog tantanali topshirildi.

“Mehr va sadoqat timsoli” ayollarimizni 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni bilan tabriklaymiz!

Xalqimizda “jannat onalar oyog‘i ostida” – degan naql bor. Har bir inson atrofidagi ayollarga – onasi, singlisi, opa va qizi kabi qarashi va e’zozlashini istar edik.  Bu bayram bahorning ilk va eng go‘zal bayrami. Bayram munosabati bilan mamlakatdagi barcha onaxonlar, opa-singillarimizni samimiy tabriklaymiz va shu bilan birga ularga eng yaxshi  tilaklarimizni bildiramiz. Ayolning hurmati, o‘rnini baland ko‘targan jamiyat, davlatda rivojlanish ham tez, yuqori bo‘ladi. Jamiyatimizda ham ayollarning o‘rni, roli oshaversin. Ta’lim, tibbiyot va boshqa sohalarda ishlab faoliyat olib borayotgan ayollarimizni yana bir bor bugungi bayram bilan muborakbod e’tamiz.