Jahon banki ishtirokidagi “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash loyihasi” doirasida yetkazib berilgan uskuna va jihozlardan maqsadli va samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida “Taʼlim muassasalarida o‘quv jihozlari va asbob-uskunalardan samarali foydalanish” mavzusida joriy yilning 3-iyul kuni ZOOM platformasi orqali o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Seminarda Jahon banki ishtirokidagi “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash loyihasi” doirasida yetkazib berilgan asbob-uskuna va laboratoriya jihozlaridan foydalanib amaliy mashg‘ulotlarni o‘tadigan 39 ta Oliy taʼlim muassasalarining 97 nafar professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Seminar dasturiga ko‘ra O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati bo‘lim boshliqlari A.Ergashev, B.Saitxonov va bosh hisobchi F.Yangiboyev hamda Jahon banki ishtirokidagi “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash loyihasi” atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha maslahatchi Sh.Butayevlarning loyiha doirasida yetkazib berilgan uskuna va jihozlardan maqsadli hamda samarali foydalanish bo‘yicha maʼruzalari tinglandi.

Professor-o‘qituvchilarning loyiha doirasida yetkazib berilgan uskuna va jihozlardan taʼlim jarayonida maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.