Samarqand viloyati Pastdargʻom 4-son kasb-hunar maktabida ushbu mavzuga bagʻishlangan hududiy oʻquv-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.
Mazkur seminarda 16 ta kasb va mutaxassisliklarda ishlatiladigan homashyo va jixozlardan samarali foydalanib oʻquv amaliyotini tashkil etish yuzasidan amaliy mashgʻulot darslari namoyish etildi.
Vazir oʻrinbosari Sadoqat Siddiqova rahbarlik qilgan mazkur seminarda viloyatdagi 71 ta professional taʼlim muassasalarning direktorlari va ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha direktor oʻrinbosarlari hamda mutasaddi rahbarlar ishtirok etishdi.
Shundan soʻng, professional taʼlim muassasalari direktorlari va ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha direktor oʻrinbosarlari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda vazir oʻrinbosari kasb-hunar maktablari faoliyatini takommillashtirish, taʼlim sifatini oshirish, ilgʻor tajribalarni keng jalb etishga eʼtibor qaratdi. Masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
https://youtu.be/fXz1QDEwVjQ