O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati mutaxassislaridan iborat ishchi guruh 2022-yil I-yarim yillik ish rejasiga muvofiq 2022-yilning 9-12-fevral kunlari Sirdaryo viloyati va professional ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida jihoz, asbob-uskuna, texnika, sarflanadigan xom ashyo va materiallardan samarali foydalanish holatlarini o‘rganish, shuningdek o‘quv amaliyotlarini tashkil etish, kasbiy tayyorgarlik holatlarini tahlil qilish va ta’lim muassasalariga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida xizmat safarida bo‘ldi.


Boshliq o‘rinbosari U.Eshankulov Guliston tibbiyot kolleji rahbarlari va o‘qituvchilari uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarning o‘qitish materiallarini ishlab chiqish yuzasidan o‘quv seminar o‘tkazdi.