• 2-Chimboy kuchasi, 96-uy Toshkent sh, Olmazor tumani
  • Telefon (71) 207 54 55
  • Dush - Jum 09:00 - 18:00

Namangan viloyati va Toshkent shahridagi professional ta’lim muassasalarida kasbiy tayyorgarlik jarayoni o’rganildi

     O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati mutaxassislaridan iborat ishchi guruh 2021-yil II-yarim yillik ish rejasiga muvofiq  2021-yilning 13-22-sentyabr kunlari Namangan viloyati va Toshkent shahridagi professional ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida jihoz, asbob-uskuna, texnika, sarflanadigan xom ashyo va materiallardan samarali foydalanish holatlarini o‘rganish, shuningdek o‘quv amaliyotlarini tashkil etish, kasbiy tayyorgarlik holatlarini tahlil qilish va ta’lim muassasalariga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida xizmat safarida bo‘lishdi.

 

Boshliq o‘rinbosari U.Eshankulov Norin Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi rahbarlari va o‘qituvchilari uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarning o‘qitish materiallarini ishlab chiqish yuzasidan o‘quv seminar o‘tkazdi.

 

Boshliq o‘rinbosari U.Eshankulov Namangan tuman 1-son kasb-hunar maktabida ishlab chiqarish ta’limi ustasi S.Karimovning “Avtomobillar tuzilishi” o‘quv amaliyotidan “Sovitish va moylash tizimini qismlarga ajratish va yig‘ish” mavzusidagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilishini o‘rgandi.

Bosh mutaxassis B.Saitxonov Namangan shahar 2-tibbiyot kollejida «Hamshiralik ishi asoslari» o‘quv-amaliy mashg‘uloti o‘qituvchisi M.Abdullayevaning «Sun’iy o‘pka yurak reanimatsiyasi» mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazilishi holatini o‘rgandi.

Bo‘lim boshlig‘i A.Ergashev Toshkent shahar Sergeli tuman kasb-hunar maktabida ishlab chiqarish ta’limi ustasi M.Ashurovaning “Kiyim mayda detallariga ishlov berish” o‘quv amaliyotidan “Turli yoqalarni tayyorlash va tikish” mavzusidagi amaliyot mashg‘uloti o‘tkazilishi holatini o‘rgandi.

Bo‘lim boshlig‘i M.Botirov Toshkent shahar Yunusobod Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida Hamshiralik ishi o‘quv-amaliy mashg‘uloti o‘qituvchisi G.Usmanovaning «Ichak yo‘li muammosida xukna o‘tkazish muammosi» mavzusidagi amaliy mashg‘uloti o‘tkazilishi holatini o‘rgandi.

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *