• 2-Chimboy kuchasi, 96-uy Toshkent sh, Olmazor tumani
  • Telefon (71) 207 54 55
  • Dush - Jum 09:00 - 18:00

Hurmatli fuqarolar!

Voqealar taqvimi Дек 30, 2025

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim tizimida inklyuziv muhit: nogironligi bor shaxslar uchun imkoniyatlar va mavjud to‘siqlar” mavzusida jamoatchilik eshituvi o‘tkaziladi.

Mazkur jamoatchilik eshituvidan ko‘zlangan asosiy maqsad – oliy ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim muhitini shakllantirish va rivojlantirish borasidagi mavjud holatni tahlil qilish, nogironligi bor shaxslar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar hamda mavjud muammolar yuzasidan jamoatchilik fikrini tinglash, shuningdek, soha mutaxassislari, manfaatdor tashkilotlar va fuqarolik jamiyati vakillarining taklif va tavsiyalarini inobatga olishdan iborat.

Eshituv yakunlari bo‘yicha bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar inklyuziv ta’lim siyosatini takomillashtirish hamda amaliy chora-tadbirlarni belgilashda foydalaniladi.

📌 Sana: 22.12.2025
⏰ Vaqt: 11:00
📍 Manzil: Universitet ko‘chasi 7-uy

☎️ Qo‘shimcha maʼlumot uchun: (55) 520-08-08 (110)

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *