• 2-Chimboy kuchasi, 96-uy Toshkent sh, Olmazor tumani
  • Telefon (71) 207 54 55
  • Dush - Jum 09:00 - 18:00

Futbol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasida Markaz xodimlari faol ishtirok etishdi

Joriy yilning 6–7-mart kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda vazirlik tizimidagi tashkilotlar xodimlari o‘rtasida “Vazir kubogi” futbol musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan “Futbol o‘yini qoidalari” bo‘yicha o‘tkazilib, tajribali hakamlar tomonidan o‘yin qoidalariga asosan boshqarib borildi.

Vazirlik va tizim tashkilotlari xodimlari orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni ommaviy tarzda jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish hamda sportning futbol turini ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada tarkibi 10 kishidan iborat 12 ta jamoa qatnashib, bosh sovrin uchun to‘p surishdi.

G‘olib va sovrindorlar vazirlikning I, II va III darajali tegishli diplomlar hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib, g‘olib bo‘lgan jamoaga musobaqa ko‘chma kubogi tantanali topshirildi.

Shuningdek, ishtirokchilar orasidan musobaqaning “Eng yaxshi faxriy o‘yinchisi”, “Eng yaxshi darvozaboni”, “Eng yaxshi to‘purari”, “Eng yaxshi o‘yinchisi” nominatsiyalari g‘oliblari ham esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ishtirokchilar orasidan musobaqaning “Eng yaxshi faxriy o‘yinchisi” nominatsiyasi bo‘yicha Azamat Ergashyev g‘olib deb topildi. Ularga Vazirlikning tegishli diplomlari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib  ko‘chma kubog tantanali topshirildi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *