Xalqimizda “jannat onalar oyog‘i ostida” – degan naql bor. Har bir inson atrofidagi ayollarga – onasi, singlisi, opa va qizi kabi qarashi va e’zozlashini istar edik. Bu bayram bahorning ilk va eng go‘zal bayrami. Bayram munosabati bilan mamlakatdagi barcha onaxonlar, opa-singillarimizni samimiy tabriklaymiz va shu bilan birga ularga eng yaxshi tilaklarimizni bildiramiz. Ayolning hurmati, o‘rnini baland ko‘targan jamiyat, davlatda rivojlanish ham tez, yuqori bo‘ladi. Jamiyatimizda ham ayollarning o‘rni, roli oshaversin. Ta’lim, tibbiyot va boshqa sohalarda ishlab faoliyat olib borayotgan ayollarimizni yana bir bor bugungi bayram bilan muborakbod e’tamiz.




