• 2-Chimboy kuchasi, 96-uy Toshkent sh, Olmazor tumani
  • Telefon (71) 207 54 55
  • Dush - Jum 09:00 - 18:00

Surxondaryo viloyati professional ta’lim muassasalarida kasbiy tayyorgarlik jarayoni o’rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati mutaxassislaridan iborat ishchi guruh 2022-yil I-yarim yillik ish rejasiga muvofiq  2022-yilning 16-30-mart kunlari Surxondaryo  viloyati va professional ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida jihoz, asbob-uskuna, texnika, sarflanadigan xom ashyo va materiallardan samarali foydalanish holatlarini o‘rganish, shuningdek o‘quv amaliyotlarini tashkil etish, kasbiy tayyorgarlik holatlarini tahlil qilish va ta’lim muassasalariga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida xizmat safarida bo‘ldi.

O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazoroat xizmati bosh mutaxasissi B.Saidxonov 2022 yil 24 mart  kuni Termiz tuman kasb-hunar maktabi  rahbarlari va ishlab chiqarish talimi ustalariga  o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar uchun yo`riqli texnologik  xaritalarni tayorlash, amaliy mashgulotlarni otkazishda zarur bo`ladigan  xomashyo va materiallarni xarid qilish uchun talabnomalarni shakllantirish, xarid qilingan xomashyollardan oquv amaliyoti mashg`ulotlarida foydalanish bo`yicha o‘quv seminar o‘tkazdi.

I.Xayitov tomonidan 2022 yil 29-mart kuni Denov Hazorbog‘ agrotexnologiya texnikumida  ’’Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va servisi texnik texnologi’’  mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlanayotgan o‘quvchilar “Mashina va jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash” o‘quv amaliyotida, texnikum o‘quv tajriba xo‘jaligida  “Chigit ekish agregatini tuzish, ishlatish va unga texnik xizmat ko‘rsatish’’ mavzusi bo‘yicha bahorgi chigit ekish  jarayonida o‘quvchilar o‘zlari tomonidan agregatni tuzish, uni ishga tayyorlash, dalani ishga tayyorlash, chigit ekish agregatida ishlash, ish sifatini tekshirish va chigit ekish agregatiga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshirib texnikum o‘quv tajriba xo‘jaligi  20 gektar  yer maydoniga chigit ekdilar.

I.Xayitov tomonidan Qumqo’rg’on tuman Agrotexnologiyalar texnikumida  “Viternariya meditsinasi” mutaxassisligi 2-bosqich 08-1-20 guruhida  ishlab chiqarish ta`limi ustasi M.Choriyev  “Viternariya akusherlik ishlari” o’quv amaliyoti “Bug’oz hayvonlarda yurak qon tomirlar kasalliklari travmatik perikartni aniqlash» mavzusidagi o`quv mashg`uloti o`rganildi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *