• 2-Chimboy kuchasi, 96-uy Toshkent sh, Olmazor tumani
  • Telefon (71) 207 54 55
  • Dush - Jum 09:00 - 18:00

Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatlari professional ta’lim muassasalari o’rganildi.

O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati mutaxassislaridan iborat ishchi guruh 2021-yil II-yarim yillik ish rejasiga muvofiq  2021-yilning 4-16-oktabr kunlari Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatlaridagi  professional ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida jihoz, asbob-uskuna, texnika, sarflanadigan xom ashyo va materiallardan samarali foydalanish holatlarini o‘rganish, shuningdek o‘quv amaliyotlarini tashkil etish, kasbiy tayyorgarlik holatlarini tahlil qilish va ta’lim muassasalariga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida xizmat safarida bo‘lishdi.

M.Botirov tomonidan Nukus shahar 1-son kasb-hunar maktabi Tikuvchilik ustaxonasida 2-bosqich «Tikuvchi» kasbi ishlab chiqarish ta’limi ustasi T.Ajiniyazovaning “Bolalar kiyimini tikish” o’quv amaliyotidan “Bolalar sorochkasini tikish” mavzusidagi amaliy mashg’uloti o`rganildi.

M.Botirov tomonidan Kegeyli tuman 1-son kasb-hunar maktabida “Chilangarlik” ustaxonasida “Avtomobil dvigatellari qismlarga  ajratish va yig`ish chilangari”  kasbi  1-bosqich  4-21 guruhida ishlab chiqarish ta`limi ustasi Q.Qulbayev “Chilangarlik ishi” oquv amaliyotidan «Metallarni qirqish» mavzusidagi o`quv mashg`uloti o`rganildi. 

A.Ergashev tomonidan Urganch tuman  1-son kasb-hunar maktabida Tikuvchilik ustaxonasida «Tikuvchi» kasbi 1-bosqich 8-21 guruhida ishlab chiqarish ta’limi ustasi Y.Botirovaning “Kiyim mayda detallarga ishlov berish” o’quv amaliyotidan “Tikuv mashinalari turlari” mavzusidagi o’quv mashg’uloti o’rganildi.

S.Uralov Qo’ng’irot tuman 1-son kasb-hunar maktabida «Tikuvchi» kasbi 2-bosqich 9-20 guruxida ishlab chiqarish ta’limi ustasi N.Seytmuratovaning «Ayollar kiyimini tikish» o‘quv amaliyotidan «Ayollar ko’ylagi yoqalarini tikish» mavzusidagi amaliy mashg’ulotni o’rgandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *